1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin
Amaldagi 1 foizlik soliq keshbeki tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish va uning o‘rniga chek olgan fuqarolar o‘rtasida avtomobillar hamda boshqa yirik sovg‘alar o‘ynaladigan davlat lotereyalarini joriy etish taklif qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda 1 foizlik keshbek uchun 820 mlrd so‘m sarflangan bo‘lsa, 2026-yilda ushbu ko‘rsatkichning 1,8 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.
Ekspertlar fikricha, ommaviy keshbek tizimi o‘rniga chek olgan fuqarolar uchun davlat lotereyalari joriy etilishi byudjet xarajatlarini 20 baravargacha qisqartirish imkonini beradi.
Shuningdek, sun’iy intellekt (AI), Big Data va onlayn kassa tizimlari keng ommalashgani sababli, chek talab qilganlik uchun pul mukofoti to‘lash mexanizmiga ehtiyoj kamayib borayotgani qayd etilgan.
Mazkur takliflar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan e’lon qilingan tahliliy materialda keltirilgan.