Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga 462,4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Asosiy rasm

O‘zenergoinspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 1 837 ta holat aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 462,4 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Shundan 280,5 milliard so‘mi elektr energiyasi, 181,8 milliard so‘mi esa tabiiy gaz resurslarining talon-toroj qilinishi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 2 831 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, neft mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan sifat nazorati tadbirlarida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari hamda korxonalardan olingan namunalar tahlili natijasida 233 ta holatda 5 544 tonna sifatsiz neft mahsuloti aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishining oldi olingani qayd etildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring