“O‘zkimyosanoat”da 1,2 mlrd so‘mlik samarasiz xarajatning oldi olindi

Asosiy rasm

“O‘zkimyosanoat” AJda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Hisobot davrida korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash hamda ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, jamiyat tuzilmasida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

“Ammofos-Maksam” AJda qariyb 7 milliard so‘mlik davlat xaridlari o‘rganildi. Natijada 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 4 nafar xodimga intizomiy jazo qo‘llanildi.

Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida yetkazilgan 156 million so‘mlik zarar qoplandi, 1,2 milliard so‘m mablag‘ning samarasiz sarflanishining oldi olindi.

Hisobot davrida tuzilgan 598 ta shartnomaga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlar kiritildi.

Ayni paytda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash bo‘yicha 7 ta yo‘nalish va 36 ta maxsus indikator asosida ma’lumotlarni “E-Anticor.uz” platformasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring