Yirik karta o‘tkazmalari haqida soliq organlariga ma’lumot berish rejalashtirilmoqda

Asosiy rasm

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan qaror loyihasiga ko‘ra, fuqarolarning bank kartalariga kelib tushadigan yirik pul o‘tkazmalari bo‘yicha soliq organlariga ma’lumot taqdim etish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

Loyihada nazarda tutilishicha, agar bir oy davomida jismoniy shaxsning bank kartasiga boshqa shaxslardan kelib tushgan mablag‘lar miqdori 500 BHMdan oshsa, banklar ushbu ma’lumotlarni avtomatik ravishda soliq organlariga yuborishi mumkin.

Amaldagi hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu miqdor 187,5 million so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, hujjat loyihasida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bundan mustasno ekani qayd etilgan.

Mazkur tashabbus hozirda jamoatchilik muhokamasi bosqichida bo‘lib, loyiha yuzasidan taklif va mulohazalar qabul qilinmoqda. 

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring