Andijonda qariyb 2,5 kg “gashish” musodara qilindi

Asosiy rasm

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha boshqarma, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinada bo‘lgan Namangan va Marg‘ilon shaharlarida yashovchi, 1970, 1981 va 1984-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaroga tegishli 2 kilogramm “gashish” moddasi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Marhamat tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda Quva shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinadan 497 gramm “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’kidlanishicha, ushbu turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kiriladi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring