“O‘zsuvta’minot” AJ va KfW Taraqqiyot banki o‘rtasida 197 million yevrolik kelishuv imzolandi

Asosiy rasm

“O‘zsuvta’minot” AJ hamda Germaniyaning KfW Taraqqiyot banki o‘rtasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi va tomonlarning rejalashtirilgan tadbirlarni samarali hamda o‘z vaqtida bajarishga tayyorligini tasdiqlovchi loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, loyihalarni moliyalashtirish uchun 130 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘lari hamda 67 million yevro grant mablag‘lari jalb etiladi. Jami 197 million yevrolik ushbu mablag‘lar kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ekologik holatni yaxshilash hamda hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Mazkur hamkorlik aholini sifatli ichimlik suvi va kommunal xizmatlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, hududlarning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring