O‘zbekistonda gumanoid robot ishlab chiqarish loyihasi qurilishiga start berildi
Toshkent shahridagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan yuqori texnologiyali sanoat uchun muhim voqea – ROBOTIS kompaniyasining gumanoid robotlar va ularning komponentlarini ishlab chiqarish loyihasiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha doirasida qariyb 70 million AQSH dollari investitsiya jalb etilishi, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi hamda 10 gektar maydonda zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Bu shunchaki yangi zavod qurilishi emas. Bu — O‘zbekistonda robototexnika sanoati, yuqori texnologiyalar va mahalliy kadrlar uchun yangi imkoniyatlar davri boshlanayotganidan dalolat beradi.