Yangi Toşkent developerlari uçun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi oçiladi
Yangi Toşkentda yirik quriliş işlarini olib borayotgan developerlarning aylanma mablağga ehtiyojini qoplaş uçun ön kun içida 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi oçiladi.
Mablağlar faqat mahalliy quriliş materiallarini xarid qilişga yönaltiriladi.
Şuningdek, mahsulotlar sifatini tekşiriş va aholini salomatlik uçun xavfli tovarlardan himoya qiliş maqsadida Toşkent şahri, Farğona va Samarqandda uçta zamonaviy laboratoriya taşkil etiladi.
Mutasaddilarga bir oy içida laboratoriyalar joylaşuvini aniqlaş va ularni kelasi yil işga tuşiriş topşirilgan.
Prezidentning Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvida mahalliy korxonalar sifati tekşirilmagan arzon import mahsulotlari bilan raqobatlaşayotgani, sinov laboratoriyalari esa yetişmasligi ham qayd etildi.