Özbekiston va Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş tuzadi

Asosiy rasm

Şavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdoğan Anqara şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş töğrisidagi bitimni imzoladilar.

Bundan taşqari, köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Xususan:

– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;

– Ijtimoiy ta’minot töğğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça ma’muriy bitim;

– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşimça bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, işbilarmon doiralar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilişga qaratilgan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring