«Özbekiston temir yöllari» va Polşa davlat temir yöllari kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Asosiy rasm

9-noyabr kuni «Özbekiston temir yöllari» boşqaruvi raisi Zufar Narzullayev Polşa davlat temir yöllari (PKP) rahbari Alan Berud boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.

Ma’lum qilinişiça, tomonlar yuk taşiş hajmini oşiriş va raqobatbardoş tariflar asosida muntazam konteyner poyezdlari qatnovini yölga qöyiş masalalarini muhokama qilgan.

Şuningdek, qurilayotgan «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yöli kelgusida Yevroosiyoda yuk yetkazib beriş muddatlarini qisqartirişi va yangi tranzit imkoniyatlarini yaratişi qayd etildi.

Uçraşuv yakunida yuk va multimodal taşuvlarni kengaytirişga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring