Toshkentda 2027-yilgi xalqaro temir yo‘l yuk tashish tariflari muhokama qilindi
Poytaxtda 12 davlat temir yo‘l ma’muriyatlari mutaxassislari ishtirokida Tarif bitimi qatnashchilarining XXXV Tarif konferensiyasi o‘tkazildi.
Anjumanning asosiy maqsadi 2027-yilgi fraxt yili uchun xalqaro yuk tashish tariflarini tasdiqlashdan iborat bo‘ldi. Unda MDH mamlakatlari, Gruziya, Latviya va Estoniya temir yo‘l ma’muriyatlari hamda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Temir yo‘l transporti kengashi direksiyasi vakillari qatnashdi.
Tariflarni yuk jo‘natuvchilar va temir yo‘l operatorlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda shakllantirish, shuningdek, temir yo‘l tashuvlarining boshqa transport turlariga nisbatan raqobatbardoshligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.