O‘zbekiston startaplarini xalqaro bozorga olib chiqish imkoniyatlari AQSHda muhokama qilindi

Asosiy rasm

Sietlda Microsoft va Meta mutaxassislari, universitetlar hamda texnologik kompaniyalar vakillari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan kadrlar tayyorlash va startaplarni xalqaro bozorga olib chiqish imkoniyatlarini muhokama qildi.

«Seattle AI Week» doirasida o‘tgan forumda suvni tejash, shahar xizmatlarini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Forum yakunida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat ekspertlar, universitetlar va kompaniyalar aloqalarini rivojlantirish, ta’lim tashabbuslari va amaliy sinov loyihalari imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutadi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring