Huawei ekspertlari Özbekistonda poyezdlar harakatini raqamli boşqariş imkoniyatlarini örgandi
“Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Huawei kompaniyasi va Xitoyning Janubi-ğarbiy Jiaotong universiteti ekspertlari “Özbekiston temir yöllari” AJga taşrif buyurdi.
Uçraşuvlarda temir yöl sohasini raqamlaştiriş va poyezdlar harakatini boşqariş tizimlari (TMS) böyiça avvalgi kelişuvlarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Ekspertlar stansiyalar, dispetçerlik va situatsion markazlar faoliyati bilan tanişib, amaldagi boşqaruv jarayonlarini tahlil qildi. Tomonlar boşqaruv tizimlarini modernizatsiya qiliş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça texnik yeçimlar yuzasidan tajriba almaşdi.