Prezident Şavkat Mirziyoyev ikkinçi bor ötkazilayotgan Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida iştirok etdi
Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Yoş toifasi ham kengaytirilib, musobaqa 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan öquvçilar örtasida ötkaziladi.
Har yili olimpiada ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yiğinlarga yuboriladi. Kelasi yildan ğoliblarga bir yillik stipendiya beriş boşlanadi. Öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyi Olimpiya şaharçasiga köçiriladi. Şu orqali yoş sportçilar çempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanişib, yangi ğalabalarga intiladi.