Prezident: Qonun va qarorlar ravon, aniq va tuşunarli tilda yozilişi kerak

Asosiy rasm

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini 21-oktabr – Özbek tili bayrami bilan tabrikladi. Tabrikda davlat idoralari davlat tilidan foydalanişda namuna bölişi zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.

«Fuqaro özining haq-huquqi yoki majburiyatini anglaş uçun ortiqça qiyinçilikka duç kelmasligi lozim. Davlat tiliga hurmat davlat xizmatining sifatida ham körinişi kerak», – deyiladi tabrikda.

Şuningdek, ta’limda öquvçilarning öqiş, tuşuniş, gapiriş va savodli yoziş kö nikmalarini rivojlantiriş muhimligi qayd etilgan. Darslik va öqitiş usullarini yangilaşda özbek tilini ona tili sifatida örganayotgan bola bilan uni davlat tili sifatida egallayotgan öquvçining ehtiyojlari hisobga olinişi lozim.

Tabrikda özbek tilidagi ilmiy adabiyotlar, sifatli tarjimalar va elektron resurslarni köpaytiriş, elektron luğatlar, tarjima va tahrir vositalarini rivojlantiriş vazifalariga ham töxtalib ötilgan.

Nutqni matnga va matnni ovozga aylantiruvçi texnologiyalar odamlarga qulaylik yaratişi, ulardan nogironligi bölgan insonlar ham foydalana olişi zarurligi ta’kidlangan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring