«Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak» – Prezident

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Xorijda muammoga duch kelgan fuqarolar «Onlayn mahalla» orqali yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqlarini himoya qilish va muammosini hal etish bilan shug‘ullanadi.

2027-yilda har bir hududda yagona migratsiya markazi ochilib, viloyatlarga 8 milliard so‘mdan ajratiladi. 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘qitib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi.

Kelasi yildan fuqarolarni xorijga ishga yuborish eng ishonchli xususiy bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi.

Har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikum tadbirkorlarga 15 yilga boshqaruvga berilib, ular orqali yiliga kamida 30 ming mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, yil yakunigacha migratsiyadan qaytgan 250 ming kishiga munosib ish topish, tadbirkorlik qilish istagidagilarga sharoit yaratish topshirildi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring