Shavkat Mirziyoyev Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirishni taklif qildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikka oid tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlat rahbari nizolarni faqat tinch yo‘l, siyosiy-diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligini ta’kidladi. Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatdan xavotir bildirib, mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdori ekanini qayd etdi.

Prezident Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Hujjatda qo‘shma transport va energetika loyihalari, savdo, raqamli aloqalar hamda madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish choralari belgilanishi lozim.

Shuningdek, quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:

– texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusini amalga oshirish uchun ekspertlar maydonini tashkil etish;
– suv tejovchi texnologiyalar, «yashil» energetika va ekologik monitoringni qamrab oladigan iqlim barqarorligi bo‘yicha sheriklikni yo‘lga qo‘yish;
– kelgusi yili O‘zbekistonda Inson salohiyatini rivojlantirish forumini o‘tkazish;
– ta’lim, madaniyat va gumanitar hamkorlik bo‘yicha ikki yillik Harakatlar dasturini ishlab chiqish.

Inson salohiyatini rivojlantirish forumida yoshlar va xotin-qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, sifatli ta’lim hamda raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama etish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yili Toshkentda Qo‘shilmaslik harakatining yigirmanchi sammiti o‘tkazilishini ham qayd etib, ishtirokchilarni unga taklif qildi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2030-yilgacha raislik qiladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring