Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo – Koreya hamkorligi bo‘yicha beshta tashabbus ilgari surdi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida o‘tgan birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etib, hamkorlikning beshta strategik yo‘nalishi bo‘yicha takliflar bildirdi. Sammit kun tartibidan savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan va texnologiyalar kabi yo‘nalishlar o‘rin oldi.

Jumladan, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” nomli uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologik parkini tashkil etish, muhim minerallar bo‘yicha Mintaqaviy investitsiya alyansini shakllantirish, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi formatini yo‘lga qo‘yish tashabbuslari ilgari surildi.

Yana bir yo‘nalish sifatida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring