Maktablarda I çorak imtihonlari qaysi fanlardan ötkazilişi ma’lum qilindi
2026–2027-öquv yilining I çoragi yakuni böyiça markazlaşgan summativ imtihonlar quyidagi fanlardan ötkaziladi:
– 5–7-sinflar – matematika va ona tili (ta’lim tiliga muvofiq);
– 8-sinf – algebra va fizika;
– 9-sinf – algebra va biologiya;
– 10-sinf – algebra va kimyo;
– 11-sinf – algebra va çet tili (ingliz, nemis yoki fransuz tili).
Onlayn imtihonlar 23–31-oktabr, an’anaviy şakldagisi esa 30-oktabr kuniga belgilangan.
Imtihon sanalari özgarişi mumkin. Bu haqda qöşimça xabar berilişi aytilgan.