Kontrakt to‘lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi

Asosiy rasm

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi.

Bu muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan, ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Shu vaqtgacha yillik kontrakt summasining bazaviy kontrakt bo‘yicha kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi kerak.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan davlat oliygohlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt summasining 30 foizini qoplash tartibi joriy etilgan. Imtiyozdan foydalanish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish lozim.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring