Davlat oliygohlarini milliy reytingga qarab moliyaviy rağbatlantiriş taklif etilmoqda

Asosiy rasm

Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi milliy reytingni yuritiş tartibiga özgartiriş kiritiş böyiça hujjat loyihasini işlab çiqdi.

Loyihada har bir toifada oliygohlarning eng yuqori natijali 20 foizini birinçi, keyingi 40 foizini ikkinçi, qolganlarini uçinçi darajaga ajratiş közda tutilgan. Davlat oliygohlarini darajasiga qarab moliyaviy rağbatlantiriş, mablağlardan foydalanişni esa muassasaning özi hal qilişi taklif etilmoqda.

Bitiruvçilar bandligi, işga joylaşiş muddati va örtaça daromadini baholaş örniga «Bitiruvçi sifati indeksi» taklif etilmoqda. Unga oliygoh toifasiga qarab 20–40 ball ajratiladi. Ma’lumot topşiriş muddatini 1-fevraldan 1-iyunga köçiriş ham nazarda tutilgan.

THE, QS va ARWU reytinglarining birinçi 1000 taligiga kirgan oliygohlar milliy reytingini alohida yuritiş taklif qilinmoqda. Bunda fan sohalari böyiça reytinglar hisobga olinmaydi.

Şuningdek, iştirоkçi oliygohlarda bakalavriat bitiruvçilari bölişi hamda 2027-yildan professor-öqituvçilar soni jami iş stavkalari yiğindisi asosida hisoblanişi közda tutilgan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring