Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun test natijalari e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat hamda magistratura talabalarining maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.
Talabgorlar natijalarini my.edu.uz tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishi mumkin. Testlar 10-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlaridan o‘tkazilgan.
Natijadan norozi talabgorlar 20-oktabr soat 10:00 ga qadar shu tizim orqali apellyatsiya arizasini yuborishi mumkin. Arizada qaysi fan va aynan qaysi savol bo‘yicha e’tiroz bildirilayotgani aniq ko‘rsatilishi kerak.