«Özsuvta’minot» AQŞ kompaniyalari bilan suv tizimlarini modernizatsiya qilişni muhokama qildi
Özbekiston va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş doirasida «Özsuvta’minot» AJ boşqaruvi raisi Ahmad Suvankulov AQŞning Aquatech, Nobel Systems va Honeywell International kompaniyalari vakillari bilan uçraşdi.
Muzokaralarda içimlik va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qiliş, suv inşootlariga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etiş, boşqaruvni raqamlaştiriş hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Suv ta’minoti samaradorligini oşiriş va mavjud infratuzilmani takomillaştirişda AQŞ kompaniyalari tajribasidan foydalanişga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar istiqbolli loyihalar böyiça hamkorlik imkoniyatlarini batafsil örganiş va amaliy muzokaralarni davom ettirişga qiziqiş bildirgan.