O‘zbekiston va AQSH 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv imzoladi

Asosiy rasm

AQSH delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida savdo, investitsiya va texnologik hamkorlik bo‘yicha 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi.

Tadbirda AQSH davlat kotibi Marko Rubio, AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi.

Yig‘ilishda ikki davlat munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilib, bunda AQSH prezidenti Donald Trampning shaxsiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi alohida ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring