O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi Fransiyada
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi Fransiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida media, kommunikatsiya va axborot sohasi vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Jumladan, Fransiya matbuot instituti (IFP), AFP axborot agentligi, Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Kommunikatsiyalar va matbuot departamenti hamda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Yevropa instituti rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Muloqotlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, zamonaviy jurnalistika va kommunikatsiyaning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.