Toshkentda «Urban Lab» shaharsozlik laboratoriyasi ish boshladi
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzurida «Urban Lab» urbanizatsiya laboratoriyasi ish boshladi.
U urbanistlar, arxitektorlar va shaharsozlar uchun doimiy muloqot va tajriba almashish maydoni sifatida tashkil etilgan. Bu yerda shaharlar rivojiga zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinib, arxitektura va shaharsozlik masalalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkaziladi.
Maydondagi ilk uchrashuvda 100 nafardan ortiq soha mutaxassisi qatnashdi.