Yangi Toshkent va maxsus hududlarda yirik quriliş loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
Prezidentning 10-noyabrdagi PF–243-son farmoni bilan Yangi Toshkent va belgilangan hududlarda qiymati 50 million dollar va undan ortiq bölgan şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi.
Maxsus hududlarda «tartibga soliş qumdoni» huquqiy rejimi joriy etiladi. Uning doirasida loyihani amalga oşiruvçi yuridik şaxslar obyektlarni ijaraga beriş va sotişdan olingan foydadan 1 foiz stavkada foyda solig‘i tölaydi. Imtiyoz töğridan-töğri investitsiya hajmiga qarab qöllanadi:
– kamida 50 mln dollar – 5 yil;
– kamida 100 mln dollar – 10 yil;
– kamida 500 mln dollar – 15 yil.
Investitsiya hajmi kamida 50 mln dollar bölgan loyihalarda foydalaniladigan obyektlar böyiça yuridik şaxslar 20 yilga mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.
Şuningdek, boş pudratçi va boş loyiha taşkilotining Özbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy şaxslardan loyiha doirasida sotib oladigan xizmatlari QQSdan ozod qilinadi. Investorlarning loyihadan olgan dividendlari esa 2040-yil 1-yanvarga qadar Özbekistonga qayta investitsiya qilinsa, soliqqa tortilmaydi.
Yangi Toshkent direksiyasiga berilgan vakolat va imtiyozlar boşqa maxsus hududlarga mas’ul direksiyalarga ham tatbiq etiladi. Ular rejalaştiriş hujjatlari va quriladigan obyektlarga talablarni mustaqil belgilaşi, har bir loyiha uçun alohida texnik şart örnatişi mumkin böladi.