O‘zbekistonning ikki markazi xalqaro onkodiagnostika konsorsiumiga qo‘shildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Milliy bolalar tibbiyot markazi MNP Outreach Consortium tarkibiga qo‘shildi. Konsorsium ushbu muassasalar bilan hamkorlik rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.

Konsorsiumning asosiy maqsadi – bolalardagi markaziy asab tizimi o‘smalari va sarkomalarni zamonaviy molekulyar usulda aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish. Bunda o‘smalar DNK metillanishi xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi. Bu usul o‘smaning turini aniqlashga yordam beradi.

Qayd etilishicha, hamkorlik tajriba almashish, xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish va ilg‘or molekulyar diagnostika texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring