O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish kengaytiriladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birga Ibn Xaldun universiteti va «Yenidog‘u» maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.
Saida Mirziyoyeva ushbu muassasalarda ta’lim sifati, yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi.