O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar orasida Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda

Asosiy rasm

2026-yilning yanvar–avgust oylarida 46 157 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Davolanish uchun kelganlar soni bo‘yicha Tojikiston yetakchilik qilmoqda – 24 293 nafar. Bu umumiy ko‘rsatkichning 52,6 foizini, ya’ni yarmidan ko‘pini tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iz Respublikasi – 11 853 nafar va Qozog‘iston – 7 022 nafar bilan qayd etilgan. Shuningdek, Afg‘onistondan 1 596 nafar, Rossiyadan 1 225 nafar, boshqa davlatlardan esa 168 nafar fuqaro davolanish uchun kelgan.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring