O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi

Asosiy rasm

2026-yil yanvar–sentabr oylarida 5,9 million nafar O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadlarida xorijga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 132,7 ming nafarga ko‘p, deya e’lon qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Eng ko‘p o‘zbekistonlik Qirg‘iz Respublikasiga borgan – 2 million 716,4 ming nafar. Qozog‘istonga 1 million 65,2 ming, Tojikistonga esa 983,7 ming nafar fuqaro safar qilgan.

Shu davrda Rossiyaga 281,6 ming, Turkiyaga 239,4 ming, Saudiya Arabistoniga esa 209,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.

Eng ko‘p safar qilingan o‘nta davlat qatoridan BAA, Xitoy, Misr va Vyetnam ham joy olgan. Ularga mos ravishda 64,8 ming, 58,5 ming, 45,6 ming va 36,3 ming nafar fuqaro borgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring