Oktabr oyida yillik inflyatsiya 6,5 foizni taşkil etdi
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, oktabrda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari örtaça 0,6 foizga oşgan. Yillik inflyatsiya 2025-yilning oktabridagi körsatkiçdan 1,3 foiz punktga pasaygan.
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, pullik xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlaşgan.
Tuxum narxi 5,2 foizga, qöy göşti 1,4 foizga, suyakli mol göşti 1,2 foizga oşgan. Sabzavotlardan baqlajon va bodring 9 foizga, pomidor 8,8 foizga, bulğor qalampiri 8,7 foizga, kartoşka 5,3 foizga qimmatlaşgan.
Limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga, olma 3 foizga, şakar 2,2 foizga va banan 1,3 foizga arzonlaşgan.
Benzin narxi örtaça 1 foizga, propan 0,4 foizga oşgan, metan narxi özgarmagan. Sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari 4,7 foizga, repetitorlik 1,6 foizga, taksi 1,3 foizga, çet tili kurslari 0,8 foizga qimmatlaşgan.