Özbekiston importining qariyb uçdan biri maşina va transport uskunalari hissasiga töğri keldi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Özbekiston importi 34,5 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Eng katta uluş maşinalar va transport asbob-uskunalariga töğri kelgan – 11,3 milliard dollar yoki jami importning 32,6 foizi.
Qolgan asosiy yönalişlar böyiça import hajmi:
sanoat tovarlari – 5,1 milliard dollar;
xizmatlar – 4,6 milliard dollar;
kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar – 4,2 milliard dollar;
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 3,7 milliard dollar;
mineral yoqilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş materiallar – 2,8 milliard dollar;
turli xil tayyor buyumlar – 1,2 milliard dollar;
yoqilğidan taşqari nooziq-ovqat xomaşyosi – 1,1 milliard dollar.