O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi
2026-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi bu haqda ma’lum qildi. Ko‘rsatkich aholini ro‘yxatga olish natijalarini hisobga olgan holda shakllantirilgan.
Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
Hududlar orasida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida – qariyb 4,46 million kishi. Keyingi o‘rinda 4,29 million aholi bilan Farg‘ona viloyati turadi. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – 965,4 ming kishi.