Andijonda 9,4 milliard dollarlik 206 ta loyiha amalga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.
Marosimda umumiy qiymati 9,4 milliard dollar bo‘lgan 206 ta loyiha qamrab olindi. Jumladan, 2 milliard dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyiha qurilishi boshlandi.
Viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladigan loyihalar natijasida 45 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Yiliga 60,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 million dollarlik eksport imkoniyati shakllanadi.