Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari tashrif davomida ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va suv ta’minoti rejalarini ko‘rib chiqdi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasini aholi kundalik hayotida his qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Qarshi shahridagi 43-maktabda sinfxonalar sovuqligi va partalar eskirgani, 1-bog‘cha esa avariya holatida ekani qayd etildi.

Eski bog‘cha o‘rnida 360 o‘rinli yangi bino quriladi. Maktab ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Til va ijod to‘garaklari yo‘lga qo‘yilib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ham qulay muhit yaratiladi.

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi faoliyati bilan ham tanishdi. Administratsiya rahbari bolalar bog‘chadan boshlab mustaqil hayotga qadam qo‘yguniga qadar munosib sharoitda ta’lim-tarbiya olishi zarurligini ta’kidladi.

Suv ta’minoti bo‘yicha rejalar doirasida Qarshidagi «Chap tarmoq» kanalini betonlashtirish va atrofini obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Bu 1,4 ming gektar tomorqani suv bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Kanal bo‘yida to‘rtta mahallaning 25 ming aholisi uchun kun-u tun ishlaydigan dam olish va sayr maskanlari ham barpo etiladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring