Qoraqalpog‘istonda 592 mln dollarlik 11 loyiha ishga tushirildi

Asosiy rasm

Qoraqalpog‘istonda umumiy qiymati 592 mln dollar bo‘lgan 11 ta loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan 7 mlrd dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi.

Mazkur loyihalar hisobiga 8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Qorao‘zak tumanida umumiy quvvati 300 megavatt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasi hamda 100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi.

Nukus shahrida esa BAA bilan hamkorlikda qurilgan Shayx Xalifa nomidagi shifoxona foydalanishga topshirildi. Qiymati 27 mln dollar bo‘lgan 100 o‘rinli tibbiyot muassasasida 80 ta ish o‘rni yaratildi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring