O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi Google bilan muhokama qilindi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda mamlakatda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirildi. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Shuningdek, Google bilan ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. Bu borada tomonlar oldida katta va muhim vazifalar turgani ta’kidlandi.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring