“O‘zbekiston temir yo‘llari” Berlindagi InnoTrans-2026 ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etmoqda
22-sentabr kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida InnoTrans-2026 yirik xalqaro transport texnologiyalari ko‘rgazmasi boshlandi.
Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ilk bor ishtirok etib, Jamiyat tarkibidagi sanoat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini xalqaro maydonda taqdim etmoqda.
Ko‘rgazma temir yo‘l transportidagi innovatsiyalar, jumladan, harakatlanuvchi tarkib, infratuzilma, tunnel qurilishi, poyezd interyerlari hamda transport uchun mo‘ljallangan raqamli yechimlarning eng yangi texnologiyalarini namoyish etishga bag‘ishlangan.
InnoTrans ko‘rgazmasidagi ushbu ishtirok “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ilk tajriba bo‘lib, Jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlarning sanoat salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish imkonini bermoqda.
Ko‘rgazma 25-sentabrga qadar davom etadi.