Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari va BMT Bosh kotibi uchrashuvida birgalikda rivojlantirib kelinayotgan muhim hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekiston va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirda tashkilot tuzilmalari ishtirokida mamlakatimizda umumiy qiymati 293 mln dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida global chaqiriqlarga yangi g‘oyalar bilan javob berish va dolzarb muammolarga amaliy yechim topish borasidagi intilishini namoyon etdi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring