Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi

Asosiy rasm

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktabrgacha, shu kunni ham qo‘shgan holda, uzaytirildi.

Mazkur muddat:

• bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar;
• o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktabrgacha bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring