Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrif buyurib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi.

Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, “O‘zbekfilm” zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantiriladi. Shu maqsadda sohadagi boshqaruv tizimini yangilash ko‘zda tutilmoqda.

Yangi yondashuvga ko‘ra, davlat film yaratishning ijodiy jarayoniga aralashuvchi buyurtmachi emas, balki kino sanoatini rivojlantiruvchi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlarning roli esa oshiriladi.

Film yaratishdan tortib uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan jarayon – moliyalashtirish, distribyutsiya, prokat, festivallar va eksport zamonaviy talablar asosida yangilanadi.

Shuningdek, milliy kino merosini saqlash, restavratsiya va raqamlashtirish tizimini kuchaytirish, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish rejalashtirilgan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring