O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yana ochiladi
Qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiya ishlari yakunlanib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yana ochiladi.
1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyi arafasida faoliyatini davom ettirmoqda. Muzey O‘zbekiston tarixini turli yo‘nalishlarda yorituvchi mamlakatdagi yagona muassasa bo‘lib, uning fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi. Shu bois u nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy maskanlardan biri hisoblanadi.
Muzeyning tantanali ochilish marosimi 2026-yil 24-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 24–26-iyul kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun muzeyga bepul tashriflar tashkil etiladi.