Toshkentda Qozoğiston kino kunlari ötkaziladi
12–14-noyabr kunlari Özbekiston Milliy kino san’ati saroyida Qozoğiston kino kunlari bölib ötadi. Uç kun davomida turli janr va mavzulardagi 6 ta film namoyiş etiladi.
Tantanali oçiliş marosimi 12-noyabr soat 15:00 da boşlanadi. Unda ikki mamlakatning madaniyat va kino sohasi vakillari, diplomatik korpus, «Kazakhfilm» kinostudiyasi va «Kinopark Theatres» rahbariyati hamda film ijodkorlari iştirok etişi kutilmoqda.
Barça namoyişlar Milliy kino san’ati saroyida ötkaziladi. Filmlarning qisqaça mazmuni bilan tanişiş mumkin.