Janubiy Koreya va Xitoyda oqova suv sohasidagi ilg‘or tajriba o‘rganildi

Asosiy rasm

7–12-avgust kunlari “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvankulov ishtirokidagi O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasi Janubiy Koreya va Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar davomida ikki mamlakatning oqova suvlarni tozalash va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

Xususan, K-water akademiyasi direktori o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Janubiy Koreyadagi “Seonam” va “Asan”, Xitoydagi “Taihe” yerosti oqova suv tozalash inshootlari faoliyati bilan tanishildi.

Safar yakunida China Energy Overseas Investment Co., Ltd. bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring