Shavkat Mirziyoyevning maqolasi Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlarida chop etildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” nomli maqolasi Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlarida e’lon qilindi.

Maqola “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi “The Chosun Daily” platformasi hamda “The Korea Herald” gazetasida chop etilgan.

Unda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlikning tarixiy ildizlari, o‘zaro ishonchga asoslangan alohida strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbollari yoritilgan.

Shuningdek, ikki mamlakat nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar, balki mushtarak qadriyatlar va mustahkam insoniy rishtalar bilan bog‘langan yaqin do‘stlar ekani ta’kidlangan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring