OTM kontraktini yil davomida 4 bosqichda to‘lash mumkin
To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt summasini bir yo‘la emas, o‘quv yili davomida to‘rt bosqichda to‘lashi mumkin.
Belgilangan tartibga ko‘ra, kontraktning:
25 foizi – 1-kurs talabalari tomonidan 15-sentabrgacha, yuqori kurslar tomonidan 1-oktabrgacha;
50 foizi – 1-yanvargacha;
75 foizi – 1-martgacha;
100 foizi – 1-maygacha to‘lanadi.
Zaruratga qarab ushbu muddatlar uzaytirilishi mumkin.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat OTMlar kontrakt miqdori va uni to‘lash muddatlarini mustaqil belgilaydi.
Tabaqalashtirilgan, ya’ni super-kontraktni ham bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud, biroq dastlab uning kamida 50 foizi to‘lanishi kerak.
Kontrakt olish uchun ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi.