O‘zbekistonda tug‘ilishlarning 1,7 foizi 40 yosh va undan katta onalar hissasiga to‘g‘ri keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning asosiy qismi 25–39 yoshdagi onalar hissasiga to‘g‘ri kelgan – 219 588 ta (58,8 foiz). 25 yoshgacha bo‘lgan onalar orasida 147 355 ta tug‘ilish (39,5 foiz) qayd etilgan.
40 yosh va undan katta onalar hissasiga 6 446 ta tug‘ilish (1,7 foiz) to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, hisobot davrida 50 yosh va undan katta onalar orasida 8 ta tug‘ilish qayd etilgan.