Qishloq tumanlarida ehtiyojmand oila a’zosini ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Asosiy rasm

1-oktabrdan qishloq tumanlarida ehtiyojmand oila a’zosini ishga olgan korxonalar ushbu xodim uchun 2 foizlik ijtimoiy soliq stavkasidan foydalanadi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazmasdan savdo va servis faoliyatiga moslashtirishga ruxsat berish taklif etildi. Buning uchun vakolatli organlarni xabardor qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisiga hokimliklar, tuman idoralari, “mahalla yettiligi” va banklar faoliyatini yagona tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek, ular foydalanayotgan elektron platformalarni birlashtirish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, mahallaga oid masalalar bo‘yicha “yettilik”ni muvofiqlashtiruvchi rahbarlarning alohida yig‘ilishlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yiladi. Endilikda masalalar haftada bir marta Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida barcha mas’ul rahbarlar ishtirokida muhokama qilinadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring