Ombudsman aralashuvidan so‘ng mahkumning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi

Asosiy rasm

13-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan K.B.ning advokati Ombudsmanga murojaat qilib, mahkum moddiy zararning katta qismini qoplagani, intizomiy jazoga tortilmagani va rag‘batlantirilganiga qaramay, unga tuzalish yo‘liga o‘tganligi haqida ijobiy xulosa berilmaganini bildirgan.

O‘rganish davomida xulosadagi ayrim ma’lumotlar rasmiy hujjatlarga mos kelmagani va mahkumga berilgan rag‘batlantirish inobatga olinmagani aniqlangan.

Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng holat qayta ko‘rib chiqilib, K.B.ga ijobiy xulosa berildi. Keyinchalik sud uning o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan yengilroq jazoga almashtirdi va mahkum ozodlikka chiqdi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring